Toshkentda 25-fevraldan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish to'xtatildi. Muassasada rekonstruksiya, texnik jihozlash va ekspozitsiya maydonini yangilash bo'yicha keng ko'lamli ishlar boshlandi.
O'zbekiston Fanlar akademiyasining matbuot xizmati ma'lum qilishicha, modernizatsiya muzey infratuzilmasini yangilash, ko'rgazma zallarini kengaytirish va raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan. Ishlar tugagandan so'ng muzey tashrif buyuruvchilar uchun qulayroq va interaktiv bo'lishi kutilmoqda.
Muzeyning ochilish sanasi keyinroq e'lon qilinadi.
Source: kun.uz