Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qo'qon shahridagi ko'p qavatli uyda 25-fevral kuni gaz portlashi sodir bo'ldi. Portlash natijasida 2007-yilda tug'ilgan yosh yigit beton plita qulashi oqibatida og'ir jarohat olib, vafot etdi.

Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2-hududiy bo'limi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi (O'limga olib kelgan yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Ish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti nazoratiga olingan.

Portlash sabablarini aniqlash va hodisa joyini tekshirish ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Ramazon Ashrapov topshirig'i bilan joyda tergov-operativ guruh tuzildi.

Eslatib o'tamiz, 16-fevral kuni ham Qo'qon shahridagi ko'p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo'lgan edi. Ushbu hodisa natijasida 4 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan va shifoxonaga yotqizilgan edi. Shifokorlar yordamiga qaramay, biri kasalxonada vafot etdi.

Source: kun.uz