Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi 116 ta korxona ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda temir-beton buyumlar, g‘isht, beton konstruksiyalar, quduqlar, gazoblok, armatura va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mavjud.
Prezidentning 1-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan elektron reyestr joriy etiladi. Bu reyestrda xavfsizlik talablariga mos emas deb topilgan materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiritilib, ularning davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
2026-yil 1-fevraldan boshlab, buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilar xavfli mahsulotlarni muomaladan chiqarib, qurilish chiqindilarini qayta ishlash korxonalariga yuborish majburiyatiga ega bo‘ladilar. Qurilish vaziri avvalroq fuqarolarni “Shaffof qurilish” tizimida ro‘yxatdan o‘tgan mulklarni tekshirishga chaqirgan edi.
Source: www.gazeta.uz