Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya ishlari tufayli 25-fevraldan vaqtincha yopildi. Fanlar akademiyasi ma'lumotiga ko'ra, muzeyda jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalar yaratish ishlari olib boriladi.
Rekonstruksiya muzey infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ekspozitsiyalarni boyitish va tashrif buyuruvchilar uchun qulayroq, interaktiv muhit yaratishga qaratilgan.
Muzeyning qayta ochilish sanasi keyinroq e'lon qilinadi. Bu ishlar prezidentning Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to'g'risidagi qarorida ko'zda tutilgan edi.
Source: www.gazeta.uz