Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun YHXX Jamoat xavfsizlik departamenti tomonidan shakllantirilgan ma’muriy bayonnomalar (jarima xatlari) pochta orqali yetkazilmaydi. UzPost bu haqda xabar berdi.

Xizmat to‘xtatilishining sababi Ichki ishlar vazirligi bilan “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish davlat muassasasi o‘rtasida 2026-yil uchun shartnoma imzolanmaganligidir.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida jarima qarorlarini yetkazish raqamlashtirilmoqda. Bu inson omilini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

Jarima qarorlari va materiallari sinov tariqasida quyidagi manbalar orqali yuboriladi:

  • Agar SMS xabarnoma kelmasa, my.gov.uz portaliga kirib telefon raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Shundan so‘ng barcha xabarnomalar avtomatik ravishda yuboriladi.

Bu raqamli xizmatlardan foydalanish vaqti cheklanmagan, qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish yoki hujjat talab etilmaydi. Qaror rasmiylashtirilishi bilan bir vaqtda materiallar bilan tanishish va jarimani to‘lash imkoniyati mavjud.

Source: www.gazeta.uz