Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi 3-martdan boshlab 10A-sonli avtobus yo‘nalishini ishga tushirdi. Yo‘nalish Qibray tumanidagi "Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi" bekatidan Toshkent shahridagi "Yunusobod 12-dahasi" bekatigacha harakatlanadi.

Avtobuslar Xo‘jaqo‘rg‘on, Yenbekshi, Buvra ota, Yo‘ldosh Oxunboboyev, Charog‘on, Oliygoh, THAY, Chinobod, Yangi shahar va Ahmad Donish ko‘chalari orqali yo‘l oladi. Harakat soat 05:30 dan 21:55 gacha davom etadi.

"Toshshahartransxizmat" AJning "5-Avtobus saroyi" filiali bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi va 10 ta Mercedes Benz avtobusidan foydalaniladi. 2026-yilga qadar Toshkent va aglomeratsiya hududlariga qo‘shimcha 1000 ta avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan, ular 48 ta yo‘nalishda harakatlanadi.

Source: www.gazeta.uz