8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bu yil yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Prezidentning 2026-yilgacha rasmiy bayramlarda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan, bayram kuni dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shunga ko‘ra, haftada 5 kun ishlaydiganlar 3 kun (yakshanba, dushanba, seshanba) dam oladi. Haftada 6 kun ishlaydiganlar esa 2 kun (yakshanba, dushanba) dam oladi.
Source: www.gazeta.uz