Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘smirlar tomonidan pichoqlanib vafot etdi
5-mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi Ja’farbek bir necha voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan avval kaltaklangan, so‘ngra pichoqlanib vafot etdi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal davomida biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan, jabrlanuvchi kasalxonaga olib borilgan bo‘lsa-da, tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.











