Toshkentda halok bo‘lgan DPS inspektori xotirasiga yodgorlik ochildi
Toshkent shahridagi Ichki ishlar bosh boshqarmasida, maktab o‘quvchisi tomonidan urib o‘ldirilgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi. Marosimda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, poytaxt jamoat vakillari, vafot etgan xodimning hamkasblari va uning oila a’zolari ishtirok etdi.











