Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Sky News telekanaliga bergan intervyusida, AQSh Kongressining oraliq saylovlarigacha mojaroni tugatish uchun hozir "imkoniyatlar oynasi" mavjudligini bildirdi.
Tinchlik kelishuviga doir savolga javoban, Zelenskiy yaqin oylar hal qiluvchi bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, agar kelishuv mumkin bo'lsa, hozir shartlar yaxshi.
AQSh Kongressining oraliq saylovlari 2026-yil 3-noyabrga rejalashtirilgan, unda Vakillar Palatasining 435 a'zosi va 35 senator saylanadi.
Ukraina rahbari Kiyev jangovar harakatlarni tugatishni istashini, lekin "xorgin" shartlar bilan kelishuvga rozi bo'lmasligini va mamlakat uchun foydasiz bo'lsa, shartnomani rad etishga tayyorligini aytdi.
The Atlantic jurnali ma'lum qilishicha, Zelenskiy atrofidagi ba'zi kishilar kelishuv imkoniyati kamayayotganidan xavotirda va agar bu bahorda kelishuvga erishilmasa, mojaro yillarga cho'zilishi mumkin. Noshir, AQSh Prezidenti Donald Tramp saylovlarga tayyorgarlik jarayonida muzokaralardan chiqib ketishi mumkinligini ham qayd etdi.
Zelenskiyning fikricha, saylov oldidan tinchlik kelishuviga erishish Tramp uchun siyosiy foydali bo'lib, respublikachilarning pozitsiyasini kuchaytirishi mumkin.
Source: kun.uz