Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Daniyaning Anholt oroli yaqinida o‘lik kit suv yuzasida suzib yurgani kuzatildi. Daniya Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi hayvon bir muncha vaqt oldin nobud bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, kit uzunligi 10-15 metr bo‘lgan dumbali kit ekan. Bu esa nemis ommaviy axborot vositalari tomonidan Timmi deb atalgan kit bilan bog‘liq taxminlarni keltirib chiqarmoqda.

Timmi bir necha hafta davomida Germaniya qirg‘og‘ida qolib ketgan va bir necha marta qutqarilgan edi. Oxirgi marta may oyida Daniya qirg‘og‘idan 70 km uzoqlikda Shimoliy dengizga qo‘yib yuborilgan edi.

Daniya hukumati kitni qutqarish rejalari yo‘qligini, chunki qirg‘oqqa chiqish “butunlay tabiiy hodisa” ekanligini va kitlarga “inson aralashuvi bilan zarar yetkazmaslik kerak”ligini bildirgan.

Source: www.dw.com