Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Senatida 72 milliard dollarlik immigratsion qonun loyihasini ko‘rib chiqish respublikachilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli kamida iyungacha qoldirildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Senatorlarning ko‘pchilik yetakchisi Jon T’un dastlab qonun loyihasini tor formatda saqlab qolishni va uni Tramp prezidentlik muddati oxirigacha ICE va AQSh Chegara-xizmatini moliyalashtirishga qaratishni rejalashtirgan edi.

Biroq, Oq uy rahbari Donald Tramp tashabbusi bilan qo‘shilgan qo‘shimcha qoidalar yuzasidan kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Ular orasida ma'muriyat tomonidan davlat 'hokimiyatni suiiste'mol qilish' qurbonlari deb hisoblangan shaxslar uchun 1,8 milliard dollarlik fond va Oq uy majmuasida bal zali qurilishi bilan bog‘liq xavfsizlik choralari uchun 1 milliard dollar mablag‘ ajratish kiradi.

AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Todd Blansh fond bo‘yicha tushuntirish berish uchun Kongressga chaqirildi. Ba'zi senatorlar ushbu tashabbuslarning jamoatchilik reaksiyasidan xavotir bildirishdi.

Senatorlarning ko‘pchilik yetakchisi Jon T’un qonun loyihasi dastlab 'tor va maqsadli' deb mo‘ljallanganini, ammo qo‘shimcha qoidalar uning ilgarilashini murakkablashtirganini ta'kidladi.

Source: kun.uz