Gretsiyada yong‘inlarni o‘chirishga urinayotgan ikki vertolyot havoda to‘qnashib ketdi. Hodisa poytaxt Afinadan 65 km g‘arbda, Psatha hududida sodir bo‘ldi.
Videolarda bir vertolyotning parragi ikkinchisiga tegib, uning alangaga o‘ralgani va ikkala apparat ham jarlikka qulaganini ko‘rish mumkin. Ekipaj a’zolaridan ikki nafari hushsiz holda topilgan, qolganlari yengil jarohat olgan.
Gretsiyada shu hafta bir nechta yong‘in chiqib, ko‘plab odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Kuchli shamol yong‘inni nazorat qilishga xalaqit bermoqda.
Yevropaning boshqa davlatlari ham jazirama issiq tufayli yuzaga kelgan yong‘inlardan aziyat chekmoqda. Fransiya va Ispaniyada yirik yong‘inlar o‘chirildi, biroq ular hali ham yonmoqda. Evakuatsiya qilingan 300 ming kishi uylariga qaytishni boshladi.
Gretsiya ommaviy axborot vositalari Porto Germeno, Psatha, Fokida, Megara va Kefaloniya hududlarida “titaniya jangi” ketayotganini yozmoqda. 500 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar 72 soat davomida vaziyatni nazorat qilishga urinmoqda.
Yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv “Psatha hududida o‘rmon yong‘inini o‘chirish operatsiyasi paytida” sodir bo‘lgan. Ekipaj a’zolari – ikki grek va ikki ruminiyalik – 251-harbiy havo kuchlari shifoxonasiga yotqizilgan.
Ko‘pchilik yong‘inlar odamlar tufayli kelib chiqadi, biroq iqlim o‘zgarishi ularning tarqalishi uchun qulay sharoit yaratmoqda. O‘tgan qish yumshoq va nam bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishiga sabab bo‘ldi, keyin esa ketma-ket jaziramalar ularni quritib, yong‘in uchun yoqilg‘iga aylantirdi.
Source: www.bbc.co.uk