Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hindistonning taniqli aktyori Saif Ali Xon 1970-yil 16-avgustda Nyu-Delhi shahrida tug‘ilgan. U Bollivud kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri bo‘lib, o‘zining ko‘p qirrali ijodi bilan millionlab muxlislar qalbini egallagan.

Aktyorning kinodagi debyuti 1993-yilda “Parampara” filmida bo‘lgan. O‘sha yili ekranlarga chiqqan “Oshiqlar” (“Aashik Aawara”) unga ilk “Filmfare” mukofotini olib kelgan. Bu film uning karerasida muhim bosqich bo‘lgan.

Kelasi yil suratga tushgan “Qalbim o‘g‘risi” (“Yeh Dillagi”) uning eng mashhur filmlaridan biriga aylangan. 1999-yilda “Ayrilmas juftliklar” (“Hum Saath-Saath Hain”) filmida ishtirok etgan aktyor 2000-2006-yillarda “Na sen bilasan, na men”, “O‘tkinchi dunyo”, “Salom Namaste” va “Men va sen” kabi filmlarda rol ijro etgan.

Shuningdek, u “Poyga”, “Hammasi yaxshi bo‘ladi”, “Sevgi kecha va bugun”, “Qurbon” hamda “Bechora yurak” kabi kinolarda ham suratga tushgan. Uning ijodi Bollivud kinosining rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Tug‘ilgan kun munosabati bilan Gazeta aktyor ishtirok etgan filmlar asosida maxsus test tayyorladi. Muxlislar ushbu test orqali aktyor haqidagi bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Source: www.gazeta.uz