Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyada Sovuq urushdan keyingi davrdagi eng yirik razvedka janjallaridan biri boshlangani xabar qilinmoqda. Federal tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari Avgust Xanning davlatga xiyonat qilishga urinishda gumonlanib hibsga olingani Yevropa rasmiylarini tashvishga solgan. Prokurorlarning ta'kidlashicha, u maxfiy hujjatlar uchun pul toʻlab, ulardan xorijiy josuslik xizmati uchun tahlil tayyorlashda foydalanganlikda ayblanmoqda. Biroq, tergov organlari hozircha bu qaysi davlat razvedka xizmati ekanini ochiqlagani yo'q.

Yevropa rejimi amaldorlari duch kelgan ushbu jiddiy muammo Germaniyaning tashqi hamkorlari bilan munosabatlariga ham soya solishi kutilmoqda. Tergov materiallariga koʻra, sobiq rahbar 2005-yilda oʻz vakolatini tugatganidan keyin, idoraning ofis menejeri Manfred bilan maxfiy maʼlumotlarni olish boʻyicha kelishuv tuzgan. Manfred ham seshanba kuni hibsga olingan boʻlib, u yillar davomida taxminan 2000 ta maxfiy hujjatni Xanningga yetkazib berganlikda gumon qilinmoqda. Ayrim OAVlar ushbu holatning Ozarboyjonga aloqador boʻlishi mumkinligini taxmin qilayotgan boʻlsa-da, Federal prokuratura bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga, Fransiyada ham vaziyat keskinlashib borayotgani kuzatilmoqda. Mamlakatda oʻquvchilar boshlagan norozilik namoyishlari uch hafta ichida yuz minglab odamlarni koʻchaga olib chiqdi va keng koʻlamli ijtimoiy inqirozga aylanib ulgurdi. Parij chekkasidagi oddiy litseydan boshlangan harakat sinflardagi oʻquvchilar sonining koʻpligi, binolarning eskirgani va dars soatlarining haddan tashqari choʻzilib ketganidan norozilik sifatida boshlangan edi.

Fransiya ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi mingdan ortiq litsey mazkur noroziliklarga qoʻshilgan boʻlib, ularning bir qismi butunlay toʻsib qoʻyilgan. Ayrim hududlarda namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan toʻqnashuvlarga ulanib ketgan. Yevropa mamlakatlarida kuzatilayotgan bunday ijtimoiy va siyosiy muammolar boshqaruv tizimidagi jiddiy kamchiliklardan darak beradi.

Source: kun.uz