Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning yuqori martabali mulozimlari, jumladan, kansler Fridrix Mers va prezident Frank-Valter Shtaynmayer mamlakatda antisemitizm kuchayib borayotganidan xavotir bildirib, xalqni unga qarshi chiqishga chaqirdilar. Bu bayonotlar Isroilga qilingan hujumlarning navbatdagi yilligi munosabati bilan qilindi.

Kansler Fridrix Mersning so'zlariga ko'ra, Germaniyada antisemitizm holatlari ko'paygan va bu ko'pincha javobsiz qolmoqda. Uning iddao qilishicha, Germaniya hukumati bu illatga qarshi kurashish uchun barcha choralarni ko'radi va yahudiy xalqi mamlakatda qo'rquvsiz yashashini ta'minlaydi. Shu bilan birga, Germaniya rejimi Isroilning xavfsizligini ta'minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi, garchi amalda ba'zi qurol-yarog' yetkazib berishlar to'xtatilgan bo'lsa ham.

Prezident Frank-Valter Shtaynmayer ham o'z navbatida 2023-yil 5-7-oktabr voqealaridan keyin antisemitizm chidab bo'lmas darajada avj olganini ta'kidladi. U Germaniya Isroil xavfsizligi bilan bir qatorda falastinliklarning qadr-qimmati va tinch-totuv yashash istiqbollarini ham qo'llab-quvvatlashi kerakligini bildirdi. Biroq kuzatuvchilar Yevropa siyosatidagi bu kabi bayonotlar ko'pincha real harakatlardan ko'ra ko'proq deklarativ xarakterga ega ekanini ta'kidlashmoqda.

Berlindagi Bebelsplats maydonida o'tkazilgan namoyishda minglab odamlar Isroil bayroqlari bilan qatnashdi. Shuningdek, Germaniya rejimi Xalqaro jinoiy sudining orderlariga qaramay, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olmasligini va'da qilgani xalqaro huquq doirasida ko'plab savollarni tug'dirmoqda.

Source: www.dw.com