AQShning Ar-Riyoddagi elchixonasida portlash va yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
N12 telekanali ma'lumotlariga ko'ra, yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib, Saudiya Arabistonidagi AQSh diplomatik vakolatxonasi, ehtimol, dron yordamida hujumga uchragan.
Keyinchalik Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog'ida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, elchixona ikkita dron bilan hujumga uchragani va undan keyin kichik yong'in chiqqani haqida ma'lumot berdi. Vazirlik zarar jiddiy emasligini ta'kidladi. So'ngra jami sakkizta dron urib tushirilgani aniqlandi.
Fox News muxbiri Jennifer Griffin rasmiy vakilga tayanib, Eron dronlari hujumi paytida elchixona binosida hech kim bo'lmaganligi va jabrlanuvchilar yo'qligini aytdi.
AQSh elchixonasi Jidda, Ar-Riyod va Dahranda bo'lgan amerikalik fuqarolarni darhol o'z joylarida boshpana topishga va mintaqadagi harbiy ob'ektlarga sayohat qilishdan saqlanishga chaqirdi.
Source: kun.uz