AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qo'mondonligi (CENTCOM) Eron qarshi amaliyoti natijasida Ummon qo'ltig'ida bo'lgan 11 ta harbiy kemaning barchasi yo'q qilinganini e'lon qildi. Bu haqda CENTCOM X ijtimoiy tarmog'ida joylashtirgan bayonotda aytilgan.
"Ikki kun oldin Eron rejimining Ummon qo'ltig'ida 11 ta kemasi bor edi, bugun esa ularning soni nolga teng", - deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, Islom Inqilobi Qo'riqchilari Korpusi (IRGC) Fors qo'ltig'ini Ummon qo'ltig'i bilan bog'laydigan Hormuz bo'g'ozini yopishga qaror qilganini e'lon qildi. IRGC qo'mondoni maslahatchisi Ibrohim Jabariy korpusning bo'g'ozdan o'tishga urinayotgan har qanday kemaga zarba berishini aytdi.
Hormuz bo'g'ozi global energiya savdosining asosiy yo'llaridan biridir. IMEMO RAS kichik ilmiy xodimi Stanislav Lazovskiyning so'zlariga ko'ra, uning orqali dunyo neft eksportining 15% va suyuq tabiiy gaz etkazib berishining 20% o'tadi.
U Eron bo'g'ozni keng miqyosda blokada qilishga qaror qilsa va buni davom ettira olsa, global bozorlarga ta'siri jiddiy bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.
Source: kun.uz