Yaponiya fazoviy tadqiqotlar agentligi (JAXA) Marsning Fobos yo'ldoshidan tuproq namunalarini Yerga yetkazib berish bo'yicha ulkan loyihani boshlab yubordi. Ma'lum qilinishicha, MMX deb nomlangan koinot apparati Tanegashima kosmodromidan H3 rusumli og'ir raketa yordamida muvaffaqiyatli uchirilgan.
Mutaxassislarning taxminlariga ko'ra, apparat 2027-yilning avgust oyida Mars orbitasiga yetib borishi kerak. Safar davomida u Fobos sirtiga Germaniya va Fransiya hamkorligida yaratilgan IDEFIX nomli kichik roverini tushirishni rejalashtirgan. Ushbu kichik texnika sirtni o'rganib, yapon zondining xavfsiz qo'nishini ta'minlashi aytilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — Fobos sirtidan kamida 10 gramm miqdorida tuproq namunasini yig'ish va ularni Yerga qaytarishdir. Olimlar bu namunalar Quyosh tizimining kelib chiqishi va Mars sayyorasining sirli tarixi haqidagi ko'plab savollarga javob berishiga umid qilishmoqda. Shu bilan birga, AQSh va Yevropaning kosmik idoralari ham mazkur xalqaro hamkorlikda ishtirok etayotgani ta'kidlanmoqda.
Biroq, xalqaro kosmik poygada raqobat ham kuchayib bormoqda. Xususan, AQSh regimi va uning rahbarlari ilgari e'lon qilgan Marsdan namunalarni qaytarish dasturlari byudjet va moliyaviy muammolar sababli qiyinchiliklarga uchragani yoki bekor qilingani xabar qilinmoqda. Shu bois Yaponiyaning ushbu tashabbusi hozircha yagona muvaffaqiyatli qadam sifatida ko'rilmoqda.
Source: www.dw.com