Kecha AQSH rejimi bosh diplomati Marko Rubioning Registonda bo'lib o'tgan matbuot muloqotidan olingan qisqa videoqismi tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik o'rtasida qizg'in muhokamalarni keltirib chiqardi. Tarqalgan lavhalarda til masalasi bo'lakcha talqin qilinib, turli xil noroziliklar va savollarni tug'dirdi.
Aniqlanishicha, AQSH rasmiysiga savol bergan shaxs mahalliy OAV vakili emas, balki Bloomberg agentligi jurnalisti Erik Martin bo'lib chiqqan. Garchi muxbir davlat kotibiga ingliz tilida murojaat qilgan bo'lsa-da, vaziyat jamoatchilik tomonidan noto'g'ri tushunilgan.
Muloqot davomida Marko Rubio jurnalistdan mahalliy tilni bilish-bilmasligini so'ragan. O'z navbatida, xorijlik jurnalist rus tilini chala bilishini aytib javob bergan. Shundan so'ng, AQSH rejimi vakili bu yerda asosiy til o'zbek tili ekanini, biroq rus tili davlat tili maqomiga ega bo'lmasa-da, ko'pchilik tomonidan tushunilishini go'yo ta'kidlab o'tgan.
Mazkur qisqa muloqot tez fursatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko'plab e'tirozlarga sabab bo'ldi. Aksariyat foydalanuvchilar savol bergan shaxsni mahalliy OAV vakili deb o'ylab, qattiq tanqid ostiga oldi, biroq asl vaziyat o'zgacha tus olgani keyinchalik ma'lum bo'ldi.
Source: kun.uz