Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyda uzunligi 135 metr bo‘lgan ulkan tunnel qazish mashinasi dengiz ostida temiryo‘l uchun yo‘l ochmoqda. «Yunchjou» deb nomlangan murakkab majmuani operatorlar quruqlikdagi markazdan masofadan boshqarayotgani iddao qilinmoqda. Maxsus kameralar va datchiklar uning ishini kuzatib, ehtimoliy nosozliklar haqida mutaxassislarning smartfonlariga xabar yuborishi aytilmoqda.

Mazkur kompleks Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Ninbo va Chjouşan shaharlarini bog‘laydigan Szintan suvosti tunneli qurilishida ishlamoqda. Ushbu inshoot dunyodagi eng uzun dengiz osti tezyurar temiryo‘l tunneli sifatida ta’riflanmoqda. Tunnelning umumiy uzunligi 16,18 kilometrni tashkil etib, uning qariyb 11,21 kilometri maxsus tunnel qazish mashinalari yordamida ochilishi rejalashtirilgan.

Ninbo tomonidan ishlayotgan «Yunchjou» hozirga qadar to‘rt kilometrdan ortiq masofani qazib o‘tgan bo‘lib, bu unga ajratilgan qazish ishlarining qariyb 83 foizi bajarilganini anglatadi. Hozirda kompleks trassaning qariyb 93 metr chuqurlikdagi qismiga yaqinlashmoqda. Oldinga siljigani sari geologik sharoit murakkablashib, qaziş ishlari qiyinlashayotgani ta’kidlanmoqda.

Muhandislar mashinani qaziş nuqtasidan bir necha kilometr uzoqlikdagi boshqaruv markazidan nazorat qilishadi. Shu bilan birga, kompleks ichidagi xodimlar uskunalarning ishlashini joyida kuzatib turadi. Masofaviy boshqaruv tizimi yer ustidagi markazni mashinaning yer ostidagi tizimlari bilan bog‘lab, nosozliklarni tezkor aniqlash imkonini berishiga qaramay, bunday ulkan loyihalarning kelgusidagi barqarorligi va xavfsizligi mutaxassislar tomonidan şubha ostiga olinmoqda.

Source: kun.uz