AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlari Ukraina bilan dronlarga qarshi tizim yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlari Ukraina bilan “Osmon qal’asi” deb nomlanuvchi akustik dron aniqlash tizimining analogini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu tizim Eronning zarba dronlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan. Financial Times gazetasi Ukraina rasmiylariga tayangan holda xabar berdi.











