Nigeriya harbiylari bozorga havo hujumi o‘tkazdi, 200 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya harbiylari shimoli-sharqiy Borno va Yobe shtatlari chegarasidagi Jilli bozoriga shanba kuni havo hujumi o‘tkazdi. Mahalliy mas’ul Lavon Zanna Nur Geidamning aytishicha, hujum natijasida 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Ko‘pchilik tinch aholi vakillari bo‘lgan.











