Indoneziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi
Indoneziya Kommunikatsiya va Raqamli Ishlar vaziri Meutya Hafid juma kuni eʼlon qilgan bayonotida, hukumat 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yuqori xavfli raqamli platformalarda hisob ochishini taqiqlovchi qarorni imzolaganini maʼlum qildi. Bu ro‘yxatga YouTube, TikTok, Facebook, Instagram, Threads, X, Roblox va ommaviy jonli efir sayti Bigo Live kiradi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi 285 million aholisi bilan dunyodagi to‘rtinchi yirik mamlakat bo‘lgan Indoneziya ijtimoiy tarmoqlar uchun muhim bozor hisoblanadi.











