Uzbeksitonda 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan "Jonli tarix" davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida mamlakatning uch ming yillik tarixini qamrab oluvchi 54 ta film yaratish rejalashtirilgan. Biroq, mutaxassislar bu rejaning amaliyligi haqida savollar qo‘yishmoqda: san’atni konveyerga aylantirib, ijodiy jarayonni "besh yillik" jadvaliga bo‘ysundirish orqali sifatli mahsulot olish mumkinmi?
San’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori, Istanbul kino akademiyasi akademigi, "Amir Temur" filmining MDH mamlakatlaridagi distribyutori Eldor Yuldoshev Podrobno.uz muxbiriga bergan intervyusida kadrlar tanqisligi, davlat rejasining tuzoqlari va xususiy investitsiyalarning tarixiy janrdagi filmlarni byudjetdan samaraliroq suratga olishi mumkinligi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo standartlariga ko‘ra, bunday qisqa muddatda 50 dan ortiq sifatli tarixiy film yaratish jismonan mumkin emas. Misol tariqasida, "Gladiator" filmi ssenariysi uchun material 30 yil davomida to‘plangan, "Alisher Navoiy" filmi esa 17 yil ishlangan.
Yuldoshevning ta’kidlashicha, dastur allaqachon "ikkinchi tarkib" mutaxassislarining o‘tkir tanqisligiga duch kelgan. "Bahodir Yalangtush" yoki "Ulug‘ Amir va Donna Mariya" kabi yirik loyihalar uchun kaskyorlar qo‘shni Qozog‘istondan taklif qilingan. U "Biz kadrlarni yo‘qotmoqdamiz" deb ta’kidladi, chunki "O‘zbekfilm" pavilyonlarida bir vaqtlar Timur Bekmambetov, Janik Fayziyev, Ulug‘bek Hamroyev, Dmitriy Korobkin kabi mutaxassislar ishlagan, ammo ular hozir boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Kadrlarni qaytarish va ularning o‘sishi uchun sharotit yaratmasdan, har qanday dastur faqat qog‘ozdagi ro‘yxat bo‘lib qoladi.
Akademikning fikricha, postsovet makonida uzoq vaqtdan beri qattiq davlat dasturlarisiz muvaffaqiyatli tarixiy va ideologik filmlar suratga olishni o‘rganishgan. Rossiyaning "9 rota", Qirg‘izistonning "Daraxt qo‘shig‘i" yoki Ukrainaning "Haytarma" filmlari davlat subsidiyalariga tayanmasdan, kassabop, festival va mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvchi filmlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. U kino sanoatida ssenzura va sun’iy chegaralardan ozod bo‘lish kerakligini ta’kidladi, chunki JSTga qo‘shilish yo‘nalishi va "Ijodiy iqtisodiyot to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan sharoitda kino faqat past rentabellikdagi "ijtimoiy buyurtma" emas, balki sanoatga aylanishi kerak.
Yuldoshev alohida e’tiborni shunga qaratdiki, O‘zbekistonda davlat moliyalashtirish tizimini muvaffaqiyatli chetlab o‘tishning pretsedenti allaqachon yaratilgan, bu esa eng murakkab tarixiy janrda sodir bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqamizning asosiy tarixiy shaxsi – Amir Temur haqidagi film birinchi marta to‘liq xususiy mablag‘lar hisobidan, davlat byudjetini jalb qilmasdan suratga olingan. Bu O‘zbekistonda qarorlar, farmonlar yoki "yuqoridan ilhom" kutmasdan, yirik tarixiy filmlar yaratish mumkinligini isbotlaydi. Xususiy investor yakuniy natija va mahsulot sifatiqa davlat buyurtmasi ijrochisiga qaraganda ancha qiziqadi. Ma’lum bo‘lishicha, buyuk tarixni suratga olish uchun protokollar chiqarish shart emas – buning uchun ijodiy va moliyaviy erkinlik sharotitini yaratish kifoya.
Mutaxassisning fikricha, o‘zbek kinosiga "shok terapiyasi" kerak. Yuqoridan tushirilgan rejalarga e’tibor qaratish o‘rniga, kino teatrlar sonini oshirish (hozir bu kamaymoqda) va sog‘lom bozor muhitini yaratishga qaratilishi lozim. Faqat davlatning kinodagi rolini chuqur qayta ko‘rib chiqish O‘zbekistonga mintaviy kinematografik yetakchilik maqomini qaytarishga imkon beradi.
Source: podrobno.uz