Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Andijon viloyatida ichki ishlar organlari xodimi voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, qamoqqa olindi.

Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng boshlangan tekshiruv natijasida aniqlanishicha, 2010-yilda tug‘ilgan qiz 3-iyun kuni uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida Andijon viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining inspektor-ijtimoiy xodimi qizni Andijondagi ko‘p qavatli uylardan biriga olib borib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

4-iyun kuni ichki ishlar xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qarori bilan gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq, ushbu ishda 2004-yilgi Olimpiada bronza medali sohibi, Andijon bokschisi va IIB mayori Bahodir Sultonov ismi tilga olingandi. Hozirda Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi dastlabki tergovni olib bormoqda, uning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat qilinmoqda.

Source: podrobno.uz