2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Eng yuqori o‘rtacha yosh Toshkent shahrida qayd etilgan — 32,7 yosh. Undan keyin Buxoro viloyati (31,1 yosh), Toshkent viloyati (31 yosh), Navoiy viloyati (30,1 yosh) va Farg‘ona viloyati (30 yosh) keladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining o‘rtacha yoshi 29,8 yoshni tashkil etdi. Andijon va Xorazm viloyatlarida — 29,5 yosh, Namangan viloyatida — 29 yosh.
Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lgan hududlar: Sirdaryo (28,7 yosh), Samarqand (28,5 yosh), Jizzax (28,4 yosh), Qashqadaryo (27,7 yosh) va Surxondaryo (27,4 yosh) viloyatlari.
Shunday qilib, eng yuqori o‘rtacha yosh poytaxtda, eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan.
Source: kun.uz