Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati Nurafshan shahrida hokim o‘zgardi. Ilxom Klichxanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Olmaliqning sobiq hokimi Qobil Hamdamov tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi. Yangi shahar rahbarini tayinlash taklifini Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev berdi.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumaniga ham yangi hokim – Xojikozijon Isakov tayinlangani xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz