Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 15 foizga o‘sib, 6,5 milliard kub metrni tashkil etdi. Bu haqda “Gazprom”ning yillik hisobotida ma’lum qilindi.

2024 yilda bu ko‘rsatkich 5,64 milliard kub metr bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda 6,48 milliard kub metrga yetgan. Hujjatda Qozog‘iston hududi orqali “O‘rta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali teskari rejimda yetkazib berish hajmi oshgani, 2025 yilning to‘rtinchi choragida esa texnik imkoniyatlar chegarasiga yetilgani qayd etilgan.

Avvalroq “Gazprom” 2025 yilda Rossiya gazining Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yetkazib berilishi 22,2 foizga, Gruziyaga esa 40,4 foizga oshganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz sotib olish shartnomasini imzolagan va yetkazib berish o‘sha yilning oktyabr oyida boshlangan edi.

2025 yil oktyabr oyida Rossiya hukumati yiliga 7,7 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma amalga oshirilayotganini tasdiqlagan va hajmlarni yanada oshirish istiqbollari qayd etilgan.

Bundan tashqari, 2024 yil iyun oyida “Gazprom” Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish va Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzit qilish bo‘yicha 2040 yilgacha amal qiladigan shartnomalar imzolagan.

2024 yil fevral oyida O‘zbekiston hukumati mamlakat magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish rejalarini e’lon qilgan edi, bu Rossiyadan gaz importini kuniga 9 million kub metrdan 32 million kub metrga, ya’ni 3,5 barobarga oshirish imkonini beradi.

Source: podrobno.uz