Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda har yili iyun oyidan avgust oyigacha “Ochiq turistik mavsum” dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda prezident qarorida belgilangan.

Dasturga ko‘ra, xorijiy va mahalliy aviatashuvchilarga O‘zbekistonga yangi reyslar ochganliklari uchun Davlat byudjetidan xarajatlarning bir qismi qoplanadi, shuningdek, har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya to‘lanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning turistik operatorlariga istiqbolli xorijiy mamlakatlardan har 1000 nafar xorijiy turistni jalb qilganliklari uchun 5 ming AQSh dollari miqdorida subsidiya beriladi.

Turistik operatorlar va mehmonxonalar tomonidan to‘langan QQSning 50 foizi keshbek shaklida qaytariladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan 50 nafar xorijiy blogerga O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 7 kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi.

O‘zbekistonga turistik sayohatlarni dunyoning eng yirik onlayn turizm platformalarida targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplanadi.

Source: uznews.uz