Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQShning Atlanta shahrida mahalliy “Atlanta Yunayted” klubi bazasida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda.
11-iyun kuni futbolchilar FIFA tomonidan tashkil etilgan 3D fotosessiyada ishtirok etdi. Olingan materiallardan turnirning rasmiy grafikasida — jamoalar tarkibini tanishtirishda, gol nishonlangan paytdagi animatsiyalarda va translyatsiyalarning boshqa vizual elementlarida foydalaniladi.
Gazeta fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin fotosessiya jarayonida qatnashib, uning qanday o‘tgani haqida eksklyuziv reportaj tayyorladi.
Shu kunning o‘zida FIFA vakillari musobaqa reglamenti va marketing talablariga muvofiq, milliy terma jamoaning o‘yin va sport ekipirovkasi formalarini qayta tasdiqladi.
Source: www.gazeta.uz