Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Turdiyev ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.
Mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, majburiy mehnat fakti tasdiqlangan. Mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy majburlash) bo‘yicha jarima qo‘llanilgan. Jarima miqdori oshkor etilmagan.
Bundan tashqari, xodimlarga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lgani uchun uning harakatlari to‘g‘risidagi materiallar Qashqadaryo viloyati hokimligiga Axloq komissiyasida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Toshmotova majburiy mehnat uchun jarimaga tortilgan edi.
Source: kun.uz