Buxoro viloyati Kogon tumanida 27-iyun kuni 14:50 atrofida 2009-yilda tug‘ilgan fuqaro Shohrud kanalida cho‘milish vaqtida suvga cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushdi.
Hodisa Sorg‘un mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalda yuz bergan. Kanalning kengligi 18-20 metr, chuqurligi esa 7-8 metrni tashkil etadi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari va mahalliy aholi ishtirokida zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Qariyb bir sutka davom etgan qidiruv natijasida, 28-iyun kuni soat 16:40 atrofida o‘smirning jasadi suvdan olib chiqilgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Source: www.gazeta.uz