Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

28-iyun, yakshanba kuni O‘zbekistonning ikki hududida yirik yong‘inlar ro‘y berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan ular tezda bartaraf etildi.

Birinchi hodisa soat 15:17 da Toshkent viloyati Qibray tumanida qayd etildi. Toshkent davlat agrar universiteti sport majmuasining tomida yong‘in chiqdi. Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, soat 15:59 da olovni nazoratga oldi. Yong‘in soat 16:15 da to‘liq o‘chirildi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.

Ikkinchi yong‘in deyarli bir vaqtda – soat 15:25 da – poytaxtning Sergeli tumanida boshlangan. Olov “Yangi Sergeli” mahallasi hududidagi 8-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uyning kvartiralaridan birida chiqqan. O‘t o‘chirish guruhlari soat 15:32 da yetib kelib, yong‘inni soat 16:08 da to‘liq bartaraf etdi. Yong‘in natijasida taxminan 30 kvadrat metr maydondagi uy jihozlari shikastlangan. Bu hodisada ham jabrlanganlar yo‘q.

Vazirlik mutaxassislari hozirda ikkala yong‘inning kelib chiqish sabablarini aniqlashmoqda va yetkazilgan zarar miqdorini hisoblamoqda.

Source: podrobno.uz