Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 22 670 hunarmand faoliyat yuritmoqda.

Eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahrida qayd etilgan – 2 959 kishi.

Farg‘ona viloyatida 2 702, Samarqand viloyatida 2 185, Andijon viloyatida 2 108 va Namangan viloyatida 2 030 hunarmand bor.

Xorazm viloyatida 1 907, Toshkent viloyatida 1 790, Qashqadaryo viloyatida 1 557 va Buxoro viloyatida 1 531 hunarmand ro‘yxatga olingan.

Jizzax viloyatida 1 048, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 963, Surxondaryo viloyatida 960 hunarmand bor.

Eng kam hunarmandlar Sirdaryo viloyatida – 474 kishi va Navoiy viloyatida – 456 kishi.

Source: kun.uz