Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg'ona shahrida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarning soxta pasportlarini tayyorlab, sotuvchi jinoiy guruh faoliyatini to'xtatdi.

Tezkor tadbir davomida Marg'ilon shahrida yashovchi fuqaro qo'lga olindi. U to'rt nafar tanishi, Farg'ona shahri aholisi bilan oldindan til biriktirib, soxta hujjatlar tayyorlagan.

Ular mijozga Turkiya fuqarosining soxta pasporti va haydovchilik guvohnomasini 4 million so'm evaziga sotish vaqtida ushlangan.

Gumonlanuvchilardan 11 dona mobil telefon va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

Hozirda qo'lga olinganlarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: uznews.uz