Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi qurilgan zamonaviy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. Markaz qurilishiga 30 million dollar sarmoya kiritilgan bo‘lib, u yiliga 150 mingdan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

0,5 gektar maydonda joylashgan muassasa ingliz, italyan va nemis ishlab chiqaruvchilarining eng so‘nggi tibbiy uskunalari, jumladan Philips kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangan. Kelgusida yillik xizmat hajmini 15 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Tashrif chog‘ida davlat rahbari jarrohlik, reanimatsiya va boshqa bo‘limlarni, shuningdek vaziyat markazini ko‘zdan kechirdi. Markazda 250 ta yangi ish o‘rni yaratilgan, 10 dan ortiq mutaxassis xorijda malaka oshirgan, shuningdek chet ellik shifokorlar jalb qilingan.

Prezident markaz tajribasidan sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishda foydalanish zarurligini ta’kidladi. Uning topshirig‘iga ko‘ra, klinika negizida shifokorlar malakasini oshirish tashkil etiladi, diagnostika va davolashning zamonaviy usullari hududlarda faol joriy etiladi.

Klinika jamoasi bilan uchrashuvda xususiy tibbiyotni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Source: uznews.uz