Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati, Quvasoy shahri va Paxtaobod tumanida firibgarlik yo‘li bilan o‘n minglab AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. ikki fuqarodan ularni Koreyaga jo‘natish bahonasida 12 ming dollar olgani aniqlangan.

Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tekshiruvida fuqaro D.R. fuqaroni Koreya oliy o‘quv yurtiga joylashtirish va viza rasmiylashtirishni va’da qilib, 11 ming dollar olgani ma’lum bo‘ldi. Shu summadan 200 dollar qaytarilgan va protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tekshiruvida fuqaro X.M. ikki fuqarodan ularni Kanada va Koreyaga jo‘natish uchun hujjatlar rasmiylashtirish bahonasida 4945 dollar olgani aniqlangan.

Ushbu faktlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: kun.uz