O'zbekiston Respublikasining Gidrometeorologiya xizmati (O'zgidromet) mamlakatning 9 viloyatida sel xavfi borligi haqida ogohlantirish e'lon qildi. Ogohlantirishga ko'ra, yaqin kunlarda tog'li hududlarda kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida sel toshqinlari sodir bo'lishi mumkin. Xizmat aholiga vaqtida choralar ko'rishni tavsiya qilmoqda.
Source: uznews.uz