Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyatida 150 dan ortiq madaniy meros obyektlari, jumladan Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Koʻkildor ota va Qirqqiz majmualari mavjud.

Hisor, Boysuntogʻ, Koʻhitang va Bobotogʻ togʻli tumanlari alpinizm, trekking va ekoturizmni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Ushbu imkoniyatlardan kompleks foydalanish turizm daromadlarini yiliga 1 milliard dollargacha yetkazishi mumkin, bu Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-fevraldagi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalari boʻyicha yigʻilishi natijalari haqidagi matbuot xizmati xabaridan kelib chiqadi.

Eski Termiz yodgorligi hozirgacha toʻliq oʻrganilmaganligi qayd etilgan. Foyoztepa, Qoratepa, Dalvarzintepa va Zurma kabi buddaviylik merosi obyektlari atrofida turizmni rivojlantirish Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan yiliga 500 ming kishigacha turistik oqimni taʼminlashi mumkin.

Shuningdek, Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoshlar kurash bilan muntazam shugʻullanadi. Joriy yilda Denovdagi "Zamondosh" lageri bazasida kurashchilar uchun zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasini yaratish topshirilgan.

Boysundagi maktab-internat uchun yangi oʻquv yilidan boshlab sport tayyorgarligini toʻliq umumiy taʼlim jarayoni bilan uygʻunlashtirish shartlari taʼminlanishi kerakligi taʼkidlangan.

Source: kun.uz