O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda bo'lgan hamyurtlariga joriy vaziyatni hisobga olib, xavfsizlik choralariga jiddiy munosabatda bo'lishga chaqirdi va bir qator tavsiyalar berdi.
Elchixonaning xabariga ko'ra, mintaqadagi xavfsizlik vaziyati tez o'zgarishi mumkinligi sababli, quyidagilar tavsiya etiladi:
Elchixona bilan bog'lanish uchun telefon raqamlari: Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397. Elektron pochta: [email protected]
"Iltimos, vaziyatga jiddiy qarating va xavfsizlik qoidalarini qat'iy rioya qiling", deb ta'kidlangan O'zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasining bayonotida.
27-fevralda AQSh Davlat departamenti muhim lavozimlarda ishlamaydigan AQSh hukumati xodimlari va ularning oila a'zolariga Isroildan chiqishga ruxsat berdi. AQSh terror va harbiy mojarolar tahdidlari tufayli o'z fuqarolariga Isroilga sayohat rejalarini qayta ko'rib chiqishga chaqirdi.
26-fevralda Jenevada Tehron va Vashington o'rtasida Eron yadro dasturi bo'yicha navbatdagi muzokaralar yakunlandi.
Source: kun.uz