Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Tashrif davomida Prezident sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Bu boradagi amaliy natijalar va mavjud muammolar joyida o‘rganiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Bu Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.

Prezident tashrifining asosiy qismi Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda hududni rivojlantirishning keyingi bosqichlari va dolzarb masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif Prezidentning mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli siyosatining davomi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Source: www.gazeta.uz