Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikni oldini olish va jinoiy odil sudlov bo'yicha 16-kongressini o'tkazadi. Bu qaror hozirda Abu-Dabida bo'lib o'tayotgan 15-kongressda barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.

15-kongressda 5 mingga yaqin vakil qatnashmoqda. Ular transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurash, shuningdek, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibining o'rinbosari, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston UNODC bilan faol hamkorlik qilmoqda va qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

Keyingi kongressni O'zbekistonda o'tkazish to'g'risidagi qaror 15-kongressning yakuniy deklaratsiyasida mustahkamlandi. Tadbirga tayyorgarlik besh yil davom etadi. 2031-yilda O'zbekiston butun dunyodan delegatsiyalarni qabul qiladi.

Source: podrobno.uz