Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida zamonaviy tibbiy xizmatlar bozorini kengaytirish maqsadida yangi Hayotlab laboratoriyasi o'z faoliyatini boshladi. Loyiha muassislaridan biri Diyora Usmonovaning so'zlariga ko'ra, mazkur tashabbusga O'zbekistonda shaxsan o'zi foydalanishga tayyor bo'lgan va farzandlarining salomatligini ishonib topshirish mumkin bo'lgan zamonaviy laboratoriya yetishmagani sabab bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, yangi muassasa Roche va Mindray kompaniyalarining to'liq avtomatlashtirilgan uskunalari bilan jihozlangan bo'lib, bu inson omilini minimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, laboratoriya kadrlar siyosatiga alohida e'tibor qaratib, xodimlaming 80 foizini Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan jalb qilingan yuqori malakali chet ellik mutaxassislar tashkil etishini ma'lum qildi.

Laboratoriya xizmatlarini tashkil etishda mijozlar uchun qulayliklarga katta e'tibor qaratilgan. Tahlil natijalari tushunarli shaklda taqdim etilib, foydalanuvchilar ko'rsatkichlarning me'yorda ekanligi, yuqori yoki pastligini osongina ko'rishi mumkin. Barcha natijalar shaxsiy kabinetda saqlanib, dinamikani kuzatish imkonini beradi, shuningdek, har bir tadqiqot uchun sifat nazorati ma'lumotlarini ham talab qilish mumkin.

Ayni paytda Toshkent shahrida Hayotlab tarmog'ining 1 ta asosiy laboratoriyasi va 10 ta tibbiy uyi faoliyat yuritmoqda. Bosh laboratoriya Almazar tumanida joylashgan bo'lib, qolgan qabul punktlari Mirobod, Mirzo Ulug'bek, Yunusobod, Chilonzor, Sergeli va boshqa yirik tumanlarda aholiga xizmat ko'rsatishni boshladi.

Source: www.uznews.uz