Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan turar joy majmualarining birida tun pamonida fojiali yong‘in sodir bo‘ldi. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar qilishicha, mazkur mudhish hodisa natijasida bir nafar fuqaroning hayoti zoye ketgan va uy jihozlari butunlay yaroqsiz holatga kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, favqulodda holat 24-oktabr kuni tun yarmida, aniqrog‘i soat 01:33 da Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning birida kelib chiqqan. Olov tez fursatda xonadon bo‘ylab tarqalib, qimmatbaho uy jihozlarini qamrab olgan va jiddiy moddiy zarar yetkazgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan yong‘in-qutqaruv ekipajlarining sa’y-harakatlari tufayli yong‘in soat 01:52 da to‘liq o‘chirilgan. Biroq, olov bartaraf etilgach, xonadon ko‘zdan kechirilganda og‘ir fojia fosh bo‘lib, u yerda bir nafar fuqaroning jonsiz jasadi topilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat юзасидан tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar yong‘inning kelib chiqish sabablari va boshqa barcha tafsilotlarni o‘rganishmoqda.

Source: www.gazeta.uz