Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari natijasida Istanbul shahrida yillar davomida qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi. Mazkur shaxslar ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan edi.

Aniqlanishicha, qoʻlga olingan shaxslardan biri F.F.N. boʻlib, u Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan bosqinchilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Ushbu shaxs naq 2017-yildan buyon, yani qariyb toʻqqiz yil davomida adolatdan qochib yurishga muvaffaq boʻlgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi A.M.A. esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi boʻyicha firibgarlik jinoyatida ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. U ham tezkor harakatlar davomida aniqlanib, hibsga olindi va ikki qochqin ham belgilangan tartibda Oʻzbekiston vakolatli organlariga topshirildi.

Hozirgi vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan barcha zarur tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda. Ularning qilmishlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Source: kun.uz