Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrining Olmazor tumanida huquq-tartibot idoralari voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi haqidagi xabarni tekshirmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi erkak bilan diniy nikohda yashab kelgan va bu davrda unga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan, natijada qizga tan jarohatlari yetkazilgan.

Milliy ijtimoiy himoya agentligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 28-avgust kuni erkak qiz bilan diniy nikoh tuzib, shundan so‘ng ular birga yashay boshlagan. Ayni paytda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha holatlar to‘liq aniqlangach, sodir bo‘lgan voqeaga qonuniy huquqiy baho berilishi ta'kidlandi.

Hodisa ortidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari hamda ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi qiz va uning xolasi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Hozirgi kunda asosiy vazifa voyaga yetmagan shaxsning xavfsizligini ta'minlash, uning huquqlarini himoya qilish hamda psixologik holatini barqarorlashtirishdan iborat bo‘lib turibdi.

Shuningdek, qizga nisbatan ta'qib va takroriy zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida maxsus himoya orderi rasmiylashtirildi. Milliy ijtimoiy himoya agentligi vaziyat qat'iy nazoratda ekanini va voyaga yetmagan qizga zaruriy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilayotganini ma'lum qildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash holat yuz berib, diniy nikohda bo‘lgan erkak nogironligi bo‘lgan rafiqasini shafqatsizlarnas o‘ldirgani haqida xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz