Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Parlamentlararo Ittifoqning 153-Assambleyasi doirasida oʻtkazilgan Boshqaruv kengashi yigʻilishida Samarqand shahrida muvaffaqiyatli tashkil etilgan Yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi yakunlari boʻyicha batafsil hisobot taqdim etildi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir ellikka yaqin davlatdan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin yosh parlamentariylarni oʻz atrofida birlashtirib, dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun qulay minbar vazifasini oʻtagani alohida eʼtirof etildi.

Yigʻilish davomida ishtirokchilar eʼtiboriga Samarqand konferensiyasining eng muhim lahzalari va erishilgan amaliy natijalarini oʻz ichiga olgan maxsus videolavha namoyish etildi. Ushbu taqdimot orqali xalqaro parlament hamjamiyatiga Oʻzbekistonning yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va toʻplagan ijobiy tajribasi yaqqol namoyish etildi, bu esa chet ellik ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva oʻz nutqida Samarqand shahrida ilgari surilgan gʻoyalar hamda qabul qilingan tavsiyalar qogʻozda qolib ketmasdan, real amaliy natijalarga aylanishi shartligiga alohida eʼtibor qaratdi. Shuningdek, shu maqsad yoʻlida konferensiyaning yakuniy hujjati rasman eʼlon qilingani va u kelgusidagi qoʻshma ishlar hamda tashabbuslar uchun mustahkam yoʻl xaritasi boʻlib xizmat qilishini maʼlum qildi.

Source: kun.uz