Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yil oxiriga kelib Qoraqalpog‘istonda yalpi mintaqaviy mahsulot 8,1%ga oshirilishi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8%ga oshirilishi va 3,5 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Shu muddatga qadar ishsizlik darajasi 4,2%ga, qashshoqlik darajasi esa 3,2%ga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 21-fevralda imzolangan va 28-fevralda kuchga kirgan qarori bilan belgilangan maqsadlar Nukus, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahallada to‘liq bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish choralarini o‘z ichiga oladi. Buzotov, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlaridagi 90 ta mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish choralari belgilangan.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga 5 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar jalb qilinishi va bulutli hisoblash markazlaridan foydalanish o‘n baravar oshirilishi ko‘zda tutilgan. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy quvvatdagi ulushi 70%ga, aholi punktlaridagi markazlashtirilgan suv ta’minoti darajasi esa 83,5%ga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orol mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi bekor qilinib, uning o‘rniga yaylovlardan samarali foydalanish va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Source: kun.uz