Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2028 yildan boshlab har bir mahallada xavf ko'rsatkichlarining avtomatik tahlili o'tkaziladi, favqulodda vaziyatlar darajasiga qarab hududlar "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga bo'linadi.

O'zbekiston Prezidentining farmonini ijro etish uchun ishlab chiqilgan qaror loyihasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish choralari ko'zda tutilgan.

Loyihaga ko'ra, 2028 yil 1 yanvardan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi har bir mahallada xavf ko'rsatkichlarini avtomatik tahlil qilish tizimini joriy etadi. Natijalarga ko'ra mahallalar uch darajaga bo'linadi.

Bundan tashqari, mahallalarda favqulodda vaziyatlarni erta oldini olish maqsadida fuqarolar uy xo'jaliklarida texnik-profilaktik tekshiruvlar tashkil etish, gaz va elektr jihozlarining texnik reglamentlarga muvofiqligini monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklar bo'yicha tegishli idoralarga elektron ma'lumotlar yo'naltirish mexanizmi yo'lga qo'yiladi.

Har bir mahalla uchun xavfsizlik pasporti tuziladi, xavf darajalari muntazam qayta baholanadi. Tahlil favqulodda vaziyatlar va yong'inlar sonining kamayishi, aholining tayyorgarlik darajasi va operativlik indeksi kabi samaradorlik ko'rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi 2028-2030 yillarda sun'iy intellekt va geoinformatsion tizimlar asosida sohani raqamli transformatsiyalashni ham nazarda tutadi.

Source: kun.uz